Mehnat migrantlariga xorijda işlaş davrida beriladigan imtiyozlar röyxati
📋 Mehnat migrantlariga xorijda işlaş davrida beriladigan imtiyozlar:
🔹 Murakkab moliyaviy ahvolda qolganlarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça (1 mln 136 ming sömdan 2 mln 60 ming sömgaça) bir martalik moddiy yordam taqdim etiladi;
🔹 Qiyin vaziyatlarda Özbekistonga qaytiş çiptasi olib beriladi;
🔹 Oğir kasallik yoki baxtsiz hodisaga uçraganda 1 ming dollardan 1,5 ming dollargaça tibbiy xizmat xarajatlari tölab beriladi;
🔹 Yaşaş joyisiz qolganlar 30 kungaça hostellar bilan taʼminlanadi;
🔹 Xotin-qizlar va ularning farzandlari oğir vaziyatda vatanga beğaraz olib kelinadi;
🔹 Zöravonlikka uçraganlar yoki işdagi huquqlari buzilganlarga advokat ajratiladi hamda uning xizmatlari uçun 3 ming dollargaça tölab beriladi.
📞 Yuqoridagi imtiyozlardan foydalaniş uçun 1282 qisqa raqamiga yoki Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qiliş lozim.
👉 @xushnudbek 👈

