Ayrim yoşlarning tölov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
💰 Ayrim yoşlarning tölov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2026-yil 1-fevraldan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoşlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul ötaş tartibi joriy etiladi hamda uşbu maqsad uçun subsidiya ajratiş tartibi bekor qilinadi;
🔹 “Yoşlar daftari” jamğarmalari orqali:
▪️ avtomototransportlar haydovçilarini tayyorlaş öquv kursi xarajatlarini qoplaş böyiça subsidiya haydovçilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini oliş uçun tölab beriladi;
▪️ kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlari öquvçi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgaça qismi tuzilgan ijtimoiy şartnoma şartlarini bajariş darajasidan kelib çiqib tölanadi hamda 1 öquv yili uçun BHMning 50 baravaridan (20 mln 600 ming söm) oşmasligi lozim;
▪️ ayni bir şaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan köpi bilan 2 marta foydalanişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


