Rasman

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-apreldan yoşlar va muhtoj oilalarga yangi imtiyozlar beriladi

Matn12-fevral, 2025, 15:221 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🗓 Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-apreldan boşlab:

🔹nogironligi bölgan yoşlarga parasport tögaraklariga qatnaşişi uçun har oyda bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 1 baravarigaça (375 ming söm) miqdorda yöl haqi xarajatlari qoplab beriladi;

🔹6 oy davomida muntazam ravişda sport va sanʼat tögaraklariga qatnaşayotgan yoşlarga qiymati BHMning 10 baravaridan (3 mln 750 ming söm) oşmaydigan maxsus sport formalari, inventarlar, musiqa va çolğu asboblari olib beriladi;

🔹tabiiy va texnogen hodisalar (yonğin, suv toşqini, zilzila va boşqalar) oqibatida zarar körgan oilalarga uy-joylarini tiklaş va taʼmirlaş uçun BHMning 150 baravarigaça (56 mln 250 ming söm) bölgan miqdorda yordam körsatiladi:

🔹Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam örniga uy-joyida artezian quduq qaziş, suv nasoslarini örnatiş hamda içimlik suv filtrlarini xarid qiliş uçun subsidiya ajratiladi.

Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan (11 mln 250 ming söm) köp bölmagan miqdorda ajratiladi.

👉@xushnudbek👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek