Halok bölgan harbiy xizmatçilarning oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar belgilandi
Prezident farmoniga köra:
✅ 2023-yil 1-apreldan boşlab:
➖ halok bölgan harbiy xizmatçining (xodim) oila aʼzolariga biryöla beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi böyiça maoşi va harbiy (maxsus) unvoni maoşi yiğindisining 150 baravari miqdorida;
➖ davlat majburiy şaxsiy suğurtasi doirasida harbiy xizmatçi (xodim) halok bölganda tölanadigan suğurta summasi bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari (60 mln söm) miqdorida belgilandi.
✅ 2023-yil 1-iyundan boşlab:
➖ halok bölgan harbiy xizmatçining (xodim) farzandlari maktabgaça taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanişi, şuningdek, professional va oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qöşimça kvotalar böyiça taʼlim olişi taʼminlanadi;
➖ ota-onalariga yiliga ikki marta temir yöl va havo yölovçilar transportidan bepul foydalaniş huquqi beriladi;
➖ oila aʼzolariga tegişli tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam oliş huquqi saqlab qolinadi.
👉 @xushnudbek 👈



