Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana Özbekiston nomidan iştirok etişi eʼlon qilindi

Foto12-fevral, 2025, 11:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

5 yil davomida 🇺🇸AQŞ terma jamoasi tarkibida dona surgan Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana 🇺🇿Özbekiston nomidan iştirok etişi eʼlon qilindi.

U bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Gulruhbegim yana Vatanimiz bayroği ostida öynaşga rozi böldi va yurtimizga qaytib keldi.

Jurnalistlar bilan bölib ötgan matbuot anjumanida qaytiş sababi haqida ham savol berildi.

“Gap pulda yoki vaʼdalarda emas, men doim Vatanimiz bayroği ostida qatnaşişni xohlaganman. Lekin orada şunday davr böldiki, ketişga majbur böldim. Agar men Özbekistonda muhit özgarganini, Şaxmat Federatsiyasida sportçilarga eʼtibor paydo bölganini his qilmaganimda qaytmas edim”, — dedi Gulruhbegim.

Bugunning yaxşi xabari böldi. Xudo xohlasa, kelasi yili yurtimizda böladigan Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi ham ança kuçayadigan böldi.

Maʼlumot uçun: Gulruhbegim Tohirjonova şu paytgaça AQŞ terma jamoasining 1-raqamli şaxmatçisi edi. 2023-yilda AQŞda «Yilning eng yaxşi ayol şaxmatçisi» deb topilgan.

Lekin eʼtiborlisi, oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQŞ va Özbekiston özaro duç kelganda Gulruhbegim öz yurtiga qarşi dona surişdan boş tortgandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek