Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Hindiston Butunjahon şaxmat olimpiadasida muddatidan avval çempion böldi

Albom21-sentabr, 2024, 23:532 daqiqa0 koʻrish

♟Hindiston Butunjahon şaxmat olimpiadasida muddatidan avval çempion böldi. Özbekiston esa medal oliş imkoniyatini qiyinlaştirdi

Bugun yigitlarimiz 🇨🇳Xitoy bilan jang qilib, afsuski 2,5-1,5 hisobida mağlub böldi. Dastlab oq donalarda öynagan Nodirbek Abdusattorov amaldagi şaxmat toji sohibi Din Lijen himoyasini yorib öta olmadi. Aksinça, özi qiyin vaziyatga tuşib qoldi. Yaxşiki, raqib ham xato qildi va Nodirbek durangni taʼminladi.

Keyingi partiyada Javohir Sindorov teng vaziyatda bittagina xato yuriş ortidan ahvolini öta yomonlaştirdi va undan çiqib keta olmay, mağlub böldi.

Butun turnir davomida işonçli öynagan Şamsiddin Vohidov esa bugun ham juda işonçli öyin körsatdi va raqibini mağlub etdi. Hisob 1,5-1,5 böldi.

Oxirgi partiyada Nodirbek Yakubboyev qora donalarda oğir bahsni ötkazdi. Partiya davomida ikkala tomondan ham xatolar köp böldi. Eng qiziği, dastlab Nodirbek matonat körsatib, mağlubiyatli pozitsiyada sabr bilan himoyalandi va farzinni ham qurbon qildi. Şundan söng raqib ham birin-ketin xato qila boşladi va vaziyat tenglaşdi. Nodirbek h3 orqali ruhni qurbon qilişni topganida öyin durang bölar edi. Balki topgandir ham, lekin negadir bu yurişni qilmadi. Balki oltin medal uçun bizga durang emas, faqat ğalaba kerakligi uçun tavakkal qilgandir, kim bilsin. Bu tavakkalçilik ortidan raqib boşqa xato qilmadi va yakunda Nodirbek mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.

Şunday qilib, yigitlarimiz medal oliş uçun imkoniyatni qiyinlaştirdi. Oltin va kumuş medal ololmasligimiz aniq, nazariy jihatdan bronza medali uçun imkon bor, ammo bu ham qiyinroq.

Ertaga oxirgi turda barçasi hal böladi.

Erkaklar örtasida 🇮🇳Hindiston terma jamoasi muddatidan oldin çempion böldi. Ular bugun kimsan 🇺🇸AQŞ terma jamoasini ham mağlub etişdi va oltin medalni kafolatladi. Hindlarning oltin avlodiga qoyil va tasanno!

***

Qizlarimiz esa bugun 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya ustidan 3-1 hisobida işonçli ğalabaga erişdi. Nodira Nodirjonova hamda Umida Omonova raqiblarini taslim etgan bölsa, Afröza Hamdamova hamda Nilufar Yakubboyeva durang qayd etdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek