Muhim

Şavkat Mirziyoyev pedofillarning umrbod ozodlikdan mahrum qilinişini nazarda tutuvçi farmonni imzoladi

Albom3-mart, 2026, 22:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Şavkat Mirziyoyev pedofillarning umrbod ozodlikdan mahrum qilinişini nazarda tutuvçi farmonni imzoladi

Bugun, 3-mart kuni Prezident bu böyiça taşabbuslar bilan tanişdi.

⬇️ Jumladan, ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş böyiça taşabbuslar:

🔹 şahvoniy şilqimlik uçun belgilangan 5 sutkagaça maʼmuriy qamoq jazosini qatʼiylaştiriş;

🔹 pedofillar uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazoni belgilaş;

🔹 Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegiş) va 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş)dagi jinsiy jinoyatlarni voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan sodir etgan mahkumlarni manzil-koloniyalarga ötkazmaslik;

🔹 Jinoyat kodeksining 6 ta moddasidagi jinsiy jinoyatlar böyiça işlarni tergov qiliş vakolatini içki işlar organlaridan prokuraturaga ötkaziş;

🔹 şahvoniy şilqimlik böyiça maʼmuriy huquqbuzarlikka oid materiallarda jinoyat alomatlari mavjud emasligi böyiça prokuror qarorini oliş şartligi;

🔹 ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan ötgan advokatlar, tergovçi va sudyalar şuğullanişi;

🔹 zöravonlikdan jabrlangan va himoya orderi berilgan xotin-qizlar himoyasini kuçaytiriş maqsadida ularning telefon qurilmalariga maxsus “SOS” ilovalarini örnatiş, bunda çaqiruv tugmasi bosilganda 5 kilometr radiusdagi içki işlar xodimlari 10 daqiqada manzilga yetib kelişi va boşqalar.

✍️ Prezident bildirilgan taşabbuslarni maʼqullab, tegişli farmonga imzo çekdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 36 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek