Muhim

Farğonadagi boğçalarda 62 nafar bola zaharlanişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

Matn25-fevral, 2026, 22:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Farğonadagi boğçalarda 62 nafar bola zaharlanişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

21-fevral kuni Farğona şahridagi 2, 58 va 61-sonli davlat boğçalarining 62 nafar tarbiyalanuvçisi qorin sohasida oğriq, iç ketişi, haroratning kötarilişi, köngil aynişi kabi belgilar bilan şifoxonaga yotqizildi.

Ayni paytda ulardan 27 nafari şifoxonada davolanişni davom ettirmoqda, qolgan bolalarga esa ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarga köra, bolalar zaharlangan boğçalarga oziq-ovqatlarni “Garden Catering Trade” MÇJ yetkazib bergan. Aniqlanişiça, mazkur MÇJ Quvasoy va Farğona şaharlaridagi boğçalarga oziq-ovqat yetkazib beruvçi sifatida töğridan-töğri tanlangan.

Tartibga köra, autsorserlar umumiy ovqatlaniş xizmati sohasida kamida bir yillik iş tajribasiga ega bölişi şartligi belgilangan.

Biroq “Garden Catering Trade” 2024-yil 21-iyun kuni, yaʼni hokimlik bilan şartnoma tuzilişidan bir oy oldin davlat röyxatidan ötkazilgan va talab etilgan iş tajribasiga ega bölmagan.

MÇJ taʼsisçisi sifatida bunga qadar Iqboljon Bozorov körsatilgan edi, ammo ikki kun avval taʼsisçilik Möydinjon Ğofurovga ötkazilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek