Toşkent viloyatidagi boğçalarda bolalarning zaharlanişi işi böyiça sud hukmi eʼlon qilindi
❗️Toşkent viloyatidagi boğçalarda bolalarning zaharlanişi işi böyiça sud hukmi eʼlon qilindi
Oliy sud xabariga köra, 2025-yil sentyabr oyida Bekobod, Böka, Oqqörğon, Piskent va Quyi Çirçiq tumanlaridagi maktabgaça taʼlim muassasalarida bolalarning zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi böyiça 11 nafar sudlanuvçi aybdor deb topildi.
Jumladan, Şark Milk Product MÇJ direktori, boş texnologi va texnologiga 3,5 yil, kompaniyaning yana 3 nafar xodimiga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Governess Business, Innavation Outsourcing Servise, Nişon Invest, Kinder Garden Group MÇJlari rahbarlari hamda Şark Milk Product laboratoriya xodimiga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Bundan taşqari, sud hukmi bilan barça sudlanuvçilar muayyan huquqlardan ham mahrum qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

