Toşkent viloyatidagi boğçalarda bolalar ommaviy zaharlandi
❗️Toşkent viloyatidagi boğçalarda bolalar ommaviy zaharlandi
24-sentabr kuni Piskent va Böka tumanlaridagi bir neçta maktabgaça taʼlim muassasalarida bolalar ovqatdan zaharlaniş holati qayd etildi.
Bolalar tibbiyot birlaşmalarining yuqumli kasalliklar bölimlariga yetkazilgan. Dastlabki tibbiy köriklar xulosasi asosida bemor bolalarga “oşqozon-içak faoliyatining ötkir funksional buzilişi, ovqat toksikinfeksiyasi” taşxisi qöyilgan.
Zarur muolajalar ötkazilgaç, köpçiligi şu kuni uyiga javob berilgan. Oğir ahvoldagi bemor qayd etilmagan.
Dastlabki taxminlarga köra, bolalar soğliğidagi özgarişlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bölgan. Maktabgaça taʼlim taşkilotlariga şu kuni olib kelingan 3,2 foizli kefir mahsuloti Oqqörğon tumanidagi sexlarning birida işlab çiqarilgani aniqlangan.
Hozirça zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritilmagan. Vazirlik holat yuzasidan tekşiruv boşlaganini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



