25-fevral, çorşanba (7-kun): Maskandagi maʼnaviy odoblar
25-fevral, çorşanba (7-kun)
Iftorlik vaqti: 18:13 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
MASKANDAGI MAʼNAVIY ODOBLAR
Islomda maskanlarning moddiy odoblariga eʼtibor beriş bilan birga, ularning maʼnaviy odoblariga ham katta ahamiyat berilgan. Balki maʼnaviy odoblarga birlamçi omillar sifatida qaralgan. Quyida mazkur odoblardan baʼzilarini taqdim etişga ijozat bergaysiz.
Birovnikiga munosib vaqtda boriş odobdandir.
Odatda kişilar dam oladigan, uyquda böladigan va şunga öxşaş uy egasi uçun noqulay paytlarda birovnikiga çaqirib boriş odobdan emas. Iloji bölsa, oldin telefon orqali gaplaşib, vaqtini kelişib olib borilsa, yaxşi böladi.
Birovning maskaniga uning ruxsatisiz kirmaslik.
Alloh taolo Nur surasida marhamat qiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Öz uylaringizdan boşqa uylarga izn söramaguningizça va ularning ahliga salom bermaguningizça, kirmang. Ana şunday qilmoğingiz siz uçun yaxşidir, şoyadki, eslasangiz» (27-oyat).
Uşbu oyati karimaga binoan, birovning uyiga kirmoqçi bölgan odam uy egasining izni bilangina va u yerdagilarga salom berib kirişi lozim.
Birovning oldiga kiriş uçun uç marta izn söraladi, ruxsat bölmasa, qaytib ketiladi.
Biror kişini yöqlab borsangiz, köça eşigi oldida ikki-uç daqiqadan vaqt ötkazib, uç marta taqillatasiz yoki eşik qönğiroğini çalasiz. Şunda ham javob bölmasa, qaytib ketiş kerak böladi. Agar birovnikiga kirmoqçi bölsangiz, salom berib, uç martagaça kirişga ijozat söraysiz. Uy egasi alik olib, içkariga taklif qilsagina, uyiga kirasiz.
Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaçon biringiz uç marta izn sörasa-yu, unga izn berilmasa, ortiga qaytsin», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Ruxsat berilgaç, uyga kirgan odam uy egasi körsatgan joyga ötiradi.
Uyning egasi öz uyida nima qilişini özi yaxşi biladi. Mehmonga qaysi joy qulayligini ham u belgilaydi. Mehmondorçilik tartiblarini Qayyum Nosiriy bunday taʼriflaydi: «Mehmonga borsang, uy egasi körsatgan joyga ötir. Nimani keltirsa, indamay ye. Mezbon taşqariga çiqsa, örningdan turma, ruxsatsiz narsa qidirma. Goh u narsani, goh bu narsani uşlayverma. Ammo xonada kitoblar bölsa, köriş mumkin».
Birovning uyidagi odam unga imomlik qilmaydi.
Biror kişinikiga kelgan mehmon namoz öqilayotganda, xonadon sohibining imomlik qilişiga yöl beradi. Çunki Payğambarimiz birovning xonadonida unga imomlik qilişdan qaytarganlar.
Birovning uyiga kirgan odam atrofga alanglab qaramaydi.
Bexosdan bölsa ham, közi nomahramlarga tuşib qolmasligi kerak. Şuningdek, mehmon çor tarafga alanglab qarayversa, mezbonga noqulay bölişi bor. Şu bois öngu söliga, past-balandga, taşqariga alanglamay, odob bilan ötirişi lozim.
Birovning uyiga kirgan odamning közi beixtiyor şariatda qaraş mumkin bölmagan biror narsaga tuşib qolsa, darhol boşqa tarafga qaraydi.
Bu musulmonlar uçun barça joylarda ham umumiy qoidadir. Beixtiyor köz tuşganda ayb va gunoh yöq. Ammo undan keyin ham nazarni tiymaslik gunohdir.
Birovning uyiga kirgan odam uy egasining xonadon işlariga aralaşmaydi.
Agar mehmon mezbonning xonadon işlariga aralaşsa, ötaketgan beodoblik qilgan böladi. Bu narsa keraksiz xijolatpazlik va noxuşliklarni keltirib çiqaradi. Mehmon keltirilgan taomdan rozi bölib, mezbonni xursand qiladigan darajada yeydi, uni u yoqdan-bu yoqqa olib-qöyavermaydi, taomga şukrona aytib, xonadon ahlini duo qilib, xayrlaşadi.
Birovning uyiga kirgan odam u yerdan uy egasining izni bilan çiqadi.
Albatta, mezbonning iznisiz uydan çiqiş uni noqulay ahvolga solib qöyişi mumkin, yaʼni hovlida xotin-xalaj yurgan bölişi yoki biror boşqa holatga köz tuşişi mumkin. Şuning uçun mehmon taşqariga çiqiş uçun ham mezbondan izn söraşi kerak. Mezbon esa mehmonning çiqişiga şaroitni töğrilab izn beradi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


