2-mart, duşanba (12-kun): Yiğin va majlislar odobi
2-mart, duşanba (12-kun)
Saharlik vaqti: 05:38
Iftorlik vaqti: 18:19 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
YIĞIN VA MAJLISLAR ODOBI
Majlisdan turgan odamning yana qaytib kelişi maʼlum bölsa, uning örni egallanmaydi va qaytişiga şaroit yaratiladi.
Majlisda ötirgan odam biror sabab ila örnidan turib çiqib ketsa-yu, hojatini çiqargandan keyin yana qaytib kelsa, özining avvalgi joyiga ötirişga eng haqli odam böladi. Uning örniga boşqa birovning ötirib olişga haqqi yöq. Binobarin, ilmiy majlislar, darslar va tez-tez takrorlanadigan yiğinlarda maʼlum joyga ötirişni öziga odat qilgan odamlarning öşa yerga doimiy ravişda ötirişga haqlari bor.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim öz joyidan turib, yana unga qaytib kelsa, u öşanga haqlidir», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Majlisdagilar uç kişidan iborat bölsa, ulardan ikkitasi özaro piçirlaşib gaplaşişlari mumkin emas.
Uç kişi ötirganda ulardan ikkitasi piçirlaşib gaplaşsa, uçinçi kişiga noqulay böladi. Xuddi ikkisi uni yomonlayotgandek yoki unga işonmayotgandek körinadi. Şuning uçun uç kişi ötirganda ikkitalari sirli suhbat qilişlariga izn berilmagan.
Majlisda ötirganlardan birortasini kamsitiş, istehzo qiliş yoki ularga nisbatan kibrli böliş mumkin emas.
Bunday işlarni qiliş majlisdan boşqa joylarda ham qoralanadi. Ammo majlisda bu işlardan çetda bölişning ahamiyati yana ham ortadi.
Majlisda özini yiğiştirib, odob bilan ötiriş kerak.
Köpçilik bilan böladigan suhbatlarda odam oyoqlarini uzatib ötiriş, yonboşlaş kabi holatlardan özini saqlaşi kerak. Majlisda bunday işlarni qiliş öta beodoblik sanaladi. Bunday işlar atrofdagi kişilarni mensimaslik, ularni odam örnida körmaslik hisoblanadi.
Majlisda ötiriş qoidalariga rioya qiliş lozim.
Yiğinlarda oyoqlarini quçoqlab ötiriş, qölini bir-biriga kiriştiriş (girra qiliş), barmoqlarini qisirlatiş, soati, qöl telefonini öynaş kabi işlardan çetda böliş kerak. Bu işlarning barçasi insonning boşqalarga nisbatan odobsizligi, madaniyatsizligi alomatlaridir. Musulmon kişi yuksak odob va madaniyat dinining vakili ekanini zinhor unutmasligi lozim.
Majlisga kiriş va undan çiqişda, unda turganda qilinadigan işlarning barçasini öngdan boşlaş kerakligini unutmaslik lozim.
Barça işlarni öngdan boşlaş musulmon madaniyatining közga köringan alomatlaridan biridir. Buni hamma yaxşi bilişi kerak. Bu haqiqatni bilgan kişilar nazarida unga xilof iş qiliş juda ham köngilsiz holat hisoblanadi.
Majlisda ozodalikka alohida eʼtibor beriş kerak.
Majlis bölayotgan joyning ozodaligiga putur yetkazadigan işlarning yaqiniga ham yölamaslik kerak. Afsuski, qölidagi keraksiz narsalarni duç kelgan joyga taşlaş, burun qoqiş, tuflaş kabilar musulmon kişiga yaraşmaydigan işlar ekanini köpçilik tuşunib yetmaydi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

