Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Befarq va «yonmayotgan» deputatlar yoxud yöl harakati xavfsizligiga oid ayrim takliflar

Matn23-oktabr, 2023, 18:413 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev yöllardagi ölim holatlari va deputatlarning bu masaladagi pozitsiyasi haqida fikr bildirib, yangi takliflarni örtaga taşladi.

Befarq va “yonmayotgan” deputatlar yoxud yöl harakati xavfsizligiga oid ayrim takliflar

/ 2-qism, takliflar /

1️⃣ Birinçidan, deputatlarimiz Parlament nazoratini işlatgan holda Hukumatdan nima uçun haligaça jarima ballari tizimi joriy qilinmagani, Prezident qarori ijrosi salkam 1 yilga keçikayotgani haqida söraşlari kerak. Söraganda ham yumşoq va muloyim emas, qatʼiyat bilan, ultimatum qöygan holda talab qiliş kerak.

Gap nimadaligini tuşuntiraman.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarorining 2-bandida yöl harakati qoidalariga sözsiz rioya qilinişini taʼminlaş hamda ularni takroran buziş holatlarining oldini oliş maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boşlab haydovçilarga yöl harakati qoidabuzarligi uçun jarima ballarini hisoblaş tizimini joriy etiş belgilangan edi. Bunda 12 oy davomida 12 jarima ballini yiğgan haydovçi maʼlum muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinişi kerak edi.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati öz rasmiy sahifasida “uşbu tizim 1-dekabrdan işga tuşadi”, deb eʼlon ham bergandi. Ammo mana oradan salkam 1 yil vaqt ötsa ham, bu tizim joriy qilinmadi.

Deputatlarimiz eng avvalo mana şundan işni boşlaşsin. Prezident qarori ijrosini öyinçoq qilayotgan masʼullarni söroqqa tutişsin. Içki işlar vaziri nega şu işni eplolmayotgani haqida oçiq hisobot bersin.

2️⃣ Ikkinçidan, qonunçilik amaliyotida OAV yoki internet orqali sodir etilgan köplab qilmiş oğirlaştiruvçi holat sifatida baholanadi. Masalan, yuzma-yuz aytilgan haqoratdan köra, Internetda yozilgan haqorat uçun javobgarlik oğirroq.

Xuddi şu amaliyotdan kelib çiqib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quyidagi qilmişlar uçun oğirroq javobgarlikni közda tutuvçi özgarişlar kiritiş kerak:

1) OAV yoki internet orqali yöl harakati qoidalariga amal qilmaslikni, ularni aylanib ötişni tarğib qiliş;

2) özi şu kabi qoidalarni buzgani haqidagi maʼlumot aks etgan materiallarni (matn, foto, video) internetga joylaş;

3) yöl harakati qoidalarini buzişga yordam beruvçi mahsulotlarni reklama yoki tarğib qiliş, ularning savdosi bilan şuğullaniş.

Yuqoridagi uçala holat ham ming afsuski sönggi paytlarda internetda trendga aylanmoqda. Ayrim blogerlar oçiqçasiga yöl harakati qoidalarini buzişni yoki ularni aylanib ötişni tarğib qilişadi, özlari buzib, videosini joylaşadi (masalan, şahar markazida 130-140 da yuradi), undan ham yomoni ayrim tyuning firmalari oçiqçasiga qoidalarni buzişga yordam beradigan moslamalarni (masalan, maşina raqamlarini radardan berkitişga yoki bitta tugma bilan soxta raqamga almaştirib qöyişga yordam beradigan) reklama qilişadi, savdosi bilan şuğulanişadi.

Bularga qarşi qatʼiy javobgarlik belgilaş kerak. Murosasiz kuraşiş şart. Çunki aynan mana şunaqa “aqllilar” jamoatçilik ongida qoidabuzarlar “krutoy”, qoidalarga amal qilganlar esa “lox” degan ğoyani singdirmoqda.

Oddiy holatda xavfsizlik kamari taqmagan bölsa, jarima 1 söm, lekin kamar taqmasdan maşina boşqarayotgani aks etgan videoni joylasa, jarima 10 söm bölişi kerak.

Oddiy holatda tez yursa jarima 1 söm, lekin tezlik çeklovini qasddan buzgani aks etgan videoni internetga joylasa, jarima 10 söm bölişi kerak. Va hk. Balki 1 yil içida takrorlansa, maʼmuriy qamoq varianti ham körib çiqilar.

Va asosiysi katta jarima ballari ham esdan çiqmasligi şart (tizimni tezroq işlatiş kerak eng avvalo).

Çunki hozirgi javobgarlik yetarli emas. Öşa blogerlar reklama evaziga olayotgan pulidan bemalol arzimagan jarimani qoplayveradi, bu ularni töxtatib qololmaydi.

***

Aslida takliflarim yana bor edi, bitta postga siğmadi. Deputatlarimiz dastlab şu ikkala fikrni öylab körişsin (balki bu takliflarning ayrimlari şundoq ham körib çiqilayotgandir, yangilik emasdir, kim bilsin).

Mavzuni hali davom ettiramiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek