Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Söz erkinligidan mahrum qilinayotgan advokatlar haqida

Matn23-oktabr, 2023, 14:341 daqiqa0 koʻrish

Söz erkinligidan mahrum qilinayotgan advokatlar haqida

Özbekiston Advokatlar palatasi tomonidan Kasb etika qoidalarining yangi loyihasi tayyorlanibdi.

Loyihaga köra, advokat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning mansabdor şaxslarini muhokama qilmaslik, ularga nisbatan axloqqa zid iboralarni işlatmaslik, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmasligi lozim.

Advokatlar palatasi nazarida, “advokatlar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda faol va bu faollik aksariyat hollarda hokimiyat vakillarining qonuniy xatti-haraktalarini tanqidiy muhokama qiliş, fuqarolarda davlatga va amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan işonçsizlik holatini keltirib çiqariş ham uçramoqda. Mazkur vaziyatlar keskinlaşib, xalqning noqonuniy mitinglar uyuştirişi, aholi tinçligi buzilişiga ham sabab bölmoqda. Şu boisdan, ularning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xulq-atvor qoidalarini belgilab beriş maqsadga muvofiq”.

Bu palataning fikri. “Islohotlarga qarşimisan?”, “Sening tanqidiy gaplaring tufayli odamlar köçaga çiqib ketsa, javob berasanmi?” degan tahdidli savollar yangilik emas. Va şu kabi savollar orqali ijtimoiy tarmoqdagi faollarning ovozini öçirişga harakat qilinadi. Advokatlar palatasi ham şu yölga ötgan körinadi.

Palataning loyihasiga advokatlar eʼtiroz bildirmoqda va qoğozda mustaqil, amalda kvazi-davlat taşkiloti bölmiş Advokatlar palatasi söz erkinligiga qarşi iş tutayotganini, bu esa oliy huquqiy hujjat — Özbekiston Konstitutsiyasiga zidligini taʼkidlaşmoqda. Palata advokatlar manfaatlarini himoya qiliş örniga ularga duşmanlik qiluvçi taşkilotga aylanişidan xavotir bildirişmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek