Köpxotinlik tarğiboti uçun jarima yoki 15 sutkagaça qamoq jazosi beriladi
Köpxotinlik tarğiboti uçun jarima yoki 15 sutkagaça qamoq jazosi beriladi
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartirişga köra:
🔹ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bölib yaşaşni tarğib qiliş, uşbu mazmundagi qaraşlarni, ğoyalarni yoki çaqiriqlarni tarqatiş, şuningdek bunday xatti-harakatlarni rağbatlantirganlik uçun:
🔴 BHMning 15 baravaridan 30 baravarigaça (4,9 mln sömdan 9,9 mln sömgaça) miqdorda jarima yoki 15 sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoq;
🔹 nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan şaxslar örtasida, şu jumladan nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşirganlarga ham xuddi şunday jazo belgilangan.
Bundan taşqari, jamoat joylarida şaxsini identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösib yuriş:
🔴BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça (3,3 mln sömdan 4,9 mln sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
🔹Jins böyiça kamsitişni tarğib qiliş, şu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini oçiqdan-oçiq inkor etiş, uşbu mazmundagi qaraşlarni, ğoyalarni yoki çaqiriqlarni tarqatiş, xuddi şuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlaş va (yoki) rağbatlantirganlik uçun:
🔴BHMning 10 baravaridan 20 baravarigaça (3,3 mln sömdan 6,6 mln sömgaça) miqdorda jarima solinadi.
👉 @xushnudbek 👈


