Befarq va «yonmayotgan» deputatlar yoxud yöl harakati xavfsizligiga oid ayrim takliflar
Befarq va “yonmayotgan” deputatlar yoxud yöl harakati xavfsizligiga oid ayrim takliflar
/ 1-qism, mavzuga kiriş /
Bundan bir oy oldin Parlamentda tadbirkorlar tomonidan örnatilayotgan radaralar muhokama qilingan hamda “xalq qiynalib ketdi” mazmunida gaplar aytilgandi.
Spiker örinbosari Alişer Qodirov “haydovçilarni juda oğir va sunʼiy muammolardan qutqariş kerak” degandi öşanda.
Bunday munosabatga eʼtiroz bildirib, deputatlar tezliksevar haydovçilarning ğamini yegandan köra, yöllarda har yili minglab insonlar vafot etayotganiga köproq qayğurişi kerakligini aytgandim.
Alişer Qodirov bunga javoban meni va men kabi fikr yozgan boşqa blogerlarni “radarçi tadbirkorlarga advokatlik qilib odamlarni çalğitiş, mavzuni avtohalokatlar, fojialar [ölimlar] bilan “öraş”ga harakat qiliş”da ayblagandi.
Öşa postga atayin javob yozmadim, çunki konstruktiv muloqot bir çetda qolib, konspirologik töqima gaplarga ötadiganlar bilan nimanidir soğlom muhokama qiliş qiyin. Ikkala tomon ham vaqtini behudaga sarfagan böladi.
Kuni keça Şavkat Mirziyoyev yöllarimizda ölim holatlari köpligini, tegişli rahbarlar bunga loqayd bölib ötirganini jiddiy tanqid qildi hamda masʼullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlarimiz befarq bölib ötirganini ham afsus bilan qayd etdi.
"Nimaga Prezident taşviş qilib, hammani “yondirişi” kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) “yonmaysizlar”? Şunça odam ölib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bölmaydi - dod-faryod odamlar ölgani uçun", - dedi davlatimiz rahbari.
Bugun Spikerning boşqa örinbosari Odil Tojiyev qoidabuzarlik uçun jazoni kuçaytiriş va uning muqarrarligini taʼminlaş, bu orqali haydovçilarimiz orasida ehtiyotkorlikni oşiriş böyiça ayrim fikrlarni örtaga taşladi. Jumladan, u mamlakatimizda xalqaro meʼyorlardagi avtostradalar qurilgunigaça hozirgi magistral yöllarimizda tezlikni 80, 90 km/soatgaça çeklaşni, qöşimça fotoradarlar örnatişni, bosar-tusarini bilmaydigan “lixaç”lar tölaydigan jarimalarni bir neça karra kötarişni taklif qildi.
Magarkim, deputatlarimiz “yonişni” boşlagan ekan (heçdan köra keç yaxşi), yöl harakati xavfsizligi mavsuzida ularga ayrim takliflarim bor. Şu takliflarni bir muhokama qilib körişsa yomon bölmasdi. Quruq gaplardan biror amaliy işga ötilgan bölardi.
Takliflar keyingi postda=>>
👉 @xushnudbek 👈


