Parlament rahbarlariga: 2022-yilda avtohalokatlar sabab 2 ming 356 nafar yurtdoşimiz halok bölgan
Parlament rahbarlariga bitta maʼlumotni yetkazmoqçiman: birgina 2022-yilda avtohalokatlar sabab 2 ming 356 nafar yurtdoşimiz halok bölgan. Parlamentdagi deputatlik korpusi 150 nafar deputatdan iborat bölsa, demak ötgan yili salkam 16 ta Deputatlik korpusi yöllarimizda ölib ketdi degani.
Haqiqiy va tirik deputatlar aslida yöllardagi ölim sonini kamaytiriş haqida köproq öylaşi kerak. Nima uçun haligaça jarima balli tizim işga tuşmayotgani, nima uçun haligaça aşaddiy qoidabuzarlar haydovçilik huquqidan mahrum qilinmayotgani, nima uçun haligaça “prava” sotişga çek qöyilmayotgani, nima uçun yöllarda odam öldirgan haydovçilarga yengil jazo berilayotgani, nima uçun haligaça yöllarimiz abgorligi haqida savol va talab qöyişi kerak aslida.
Bular esa tezliksevar “terroristlar”ning ğamini yeyişni istaydi. Faqat radar bor joydagina sekin yurib, boşqa joyda “uçadigan” qoidabuzarlarga yoqadigan populistik gaplarni gapiradi. Ularga yoqmoqçi böladi. Çunki jamiyatimizda radardan “jabr” körgan tezliksevarlar millionta, ular bu gaplarga qarsak çaladi (lekin sekin yursa jarima kelmasligi haqida öylamaydi). Ölganlardan esa foyda yöq, ular deputatlarni maqtay olmaydi.
Öziga xos va mos Parlamentimiz bor-da, men sizga aytsam. Mana şu Parlament bir paytlar ruxsatsiz tonirovka örnatganlik uçun yöl-harakatiga oid Özbekistondagi eng oğir jazoni beriş haqidagi ahmoqona qonunni qabul qilgan va maʼqullagan edi. Yaʼni masalan, orqa yon oynaga ruxsatsiz tonirovka örnatiş qizil çiroqda ötişdan oğirroq, mast holda rulga ötirganlik bilan bir xil edi (hozir orqa yon oynaga ruxsat şartmas, old yon oynaga ruxsat va tölov qiliş kerak). Bu ahmoqona qonun haligaça kuçda turibdi. Şu yangamga şu poççam, dermidi.
👉 @xushnudbek 👈

