Özbekistonda «yöl bezoriligi» hamda drift qilganlik uçun javobgarlik belgilandi
❗️Özbekistonda “yöl bezoriligi” hamda drift qilganlik uçun javobgarlik belgilandi
Qonunga köra, quyidagi holatlar uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi:
🔹boşqa transport vositalarining harakatiga qasddan tösqinlik qiliş;
🔹harakatlaniş burçagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantiriş (drift);
🔹öz yönalişida harakatlaniş bölagini sababsiz keskin ravişda uç va undan ortiq marta uzluksiz özgartiriş (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etiş mustasno);
🔹yöl harakati iştirokçilarining xavfsiz harakatlanişiga tahdid soluvçi yoxud transport vositasida yöl harakatining boşqa iştirokçilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boşqa xatti-harakatlarni namoyişkorona sodir etiş.
💰Yuqoridagi qoidabuzarliklar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravari (9 mln 375 ming söm) miqdorida jarima va (yoki) 1 yildan 2 yilgaça muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş nazarda tutilgan.
📄Xuddi şunday huquqbuzarlik transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan yoki transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (18 mln 750 ming söm) miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanadi.
📈Şuningdek, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi yoki avariya holatini keltirib çiqaruvçi guruh bölib harakatlanişda qatnaşgan transport vositalari haydovçilarining jarima miqdori BHMning 3 baravaridan 5 baravariga (1 mln 875 ming söm) oşirildi.
🗓 Mazkur qonun 21-fevraldan eʼtiboran kuçga kirdi.
👉 @xushnudbek 👈


