Ayrim javoblar varaqasi böyiça izoh
Ayrim javoblar varaqasi böyiça izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda barça fanlardan olingan ballarni qöşib çiqqanda yakuniy ball köproq çiqqan ayrim javoblar varaqasining rasmlarini kördim.
Bunga izoh quyidagiça:
Temurbeklar maktabini bitirgan öquvçilarga özlari töplagan ballning 15 foizi miqdorida ball qöşiş imtiyozi berilgan. Rasmi tarqalgan javoblar varaqasi ham aynan Temurbeklar maktabi bitiruvçisiga tegişli. Yaʼni uning özi 150,2 ball töplagan. Bu ballga yana 15 foiz imtiyoz bali (22,5) qöşilib, yakuniy ball 172,7 ballga aylangan.
Bor gap şunda.
Ammo örni kelganda aytişim kerak, men bunday imtiyozga keskin qarşiman. Buni öşa imtiyoz berilgandayoq aytganman. Ball qöşib beriş körinişidagi imtiyoz imtiyozlar içida eng mantiqsizi. Avval harbiy tavsiyanoma olganlarga ball qöşib berilardi, tanqid qilaverib, oxiri bir amallab buni yöqotgandik. Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga beriladigan bunday formatdagi imtiyozni ham bekor qiliş kerak.
Çunki şundoq ham eng zamonaviy şaroitda, eng yaxşi ustozlardan taʼlim oladigan maxsus maktab bitiruvçilariga qöşimça ball berişni tuşuniş qiyin. Ular boşqa abituriyentlar, masalan oddiy qişloq maktabi öquvçisidan şundoq ham yaxşi şaroitda öqiganku, öqişga kiriş imkoniyatlari şundoq boşqalardan yuqoriku, nega ularni erkalab yana qöşimça ball berişimiz kerak?
Temurbeklar maktabi bitiruvçilari öqişga kira olmay qolişidan qörqamizmi? Unda bu maktablarda öqitiş yaxşi emas ekanda? Yoki yaxşimi? Yaxşi bölsa, nimadan xavotirlanib bunaqa imtiyoz berganmiz?
Xullas, tuşunişim qiyin.
👉 @xushnudbek 👈

