51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham töplay olmagan
😳 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham töplay olmagan🤦♂️
DTMning mandat.dtm.uz saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan.
Ming afsuslar bölsinkim, ularning 550 ming nafari (51,2%) ötiş balining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 balni ham töplay olmagan. Bu yarmidan köpi degani! Bu dahşat! Dahşat, örtoqlar!
Ötgan yilgi holat bilan soliştirganda ahvolimiz yanada oğirlaşgan. Ötgan yili 36% abituriyentlar 56,7 ball ham töplay olmagandi, joriy yilda bu körsatkiç 51,2% ga çiqdi. Albatta, bunda majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar miqdori kamaytirilib, mutaxassislik faniga katta urğu berilgani ham sabab böldi.
2022-yilda eng yomon körsatkiç, xuddi ötgan yilda bölganidek Toşkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxşiroq natija esa xuddi ötgan yildagidek Toşkent şahrida (45,2%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
Demak, Toşkent viloyatida xalq taʼlimi darajasi butun Respublika böyiça eng yomon.
9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan köproği 56,7 balldan past ball olişgan. Faqat 5 tagina hududda bu körsatkiç 50 foizdan kamroqni taşkil qilgan. Bu qaysi hududlar, deb öylaysiz? Albatta, bu hududlar taʼlim darajasi birmunça yaxşi bölgan — Toşkent şahri, Buxoro, Farğona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridir. Lekin umumiy olganda bu yerlarda ham ahvol xursand böladigan holatda emas.
56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.
Yaʼni 2 bahoga öqiganlar ham taxminan 35-55% natija körsata olişi kerak (66 balldan yuqori).
Tasavvur qilyapsizmi, yaqin örtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 51,2% foizi, aniqroği 550 ming yoşlar (balki orasida kam sonli yoşi kattalar ham bordir) test topşirilgan fanlarni 2 bahoga ham bilişmaydi🤦♂️
YARMIDAN KÖPI!!!
(albatta, test bilimlarni baholaşning eng maqbul varianti emas, ammo bu umuman boşqa masala)
👉 @xushnudbek 👈

