Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

24 nafar Afğoniston fuqarosi Özbekiston çegarasini buzib ötgan

Matn22-avgust, 2022, 23:181 daqiqa0 koʻrish

24 nafar Afğoniston fuqarosi Özbekiston çegarasini buzib ötgan

Bu haqda DXX Çegara qöşinlariga tayanib, ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.

2022-yilning 21-avgust kuni Surxondaryo viloyatining “Payğambar oroli” hududida bir guruh Afğoniston fuqarolari Davlat çegarasini buzib, öz qayiqlarida yuqorida qayd etilgan orol tomon harakatlangan.

Qoidabuzarlar hududga yetib kelgan Özbekiston çegara qöşinlari vakillariga qarşilik körsatgan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida Özbekiston Davlat çegarasini buzganlarning barçasi (jami 24 nafar) şaxsini aniqlaş va tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkaziş maqsadida qölga olindi.

Ötkazilgan suriştiruv natijalariga köra, çegaradagi hodisaga Özbekistonning çegara hududida köp miqdorda ösadigan qizilmiya ildizining noqonuniy ravişda olinişi sabab bölgani aniqlangan.

Ayni paytda “Payğambar oroli” hududi Özbekiston Çegara qöşinlari bölinmalarining töliq nazorati ostida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek