Özbekiston va Qirğiziston davlat çegarasida ikkita yaşirin yerosti yöli aniqlandi
Özbekiston va Qirğiziston davlat çegarasida ikkita yaşirin yerosti yöli aniqlandi
DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod şahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirğiz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qişloği bilan boğlovçi 2 ta yaşirin yerosti yöli aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib ötiş bilan şuğullangan Özbekiston va Qirğiziston fuqarolaridan iborat transçegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Har ikki yer osti yöli 20 metr çuqurlikda joylaşgan, kengligi 70-80 sm, balandligi 170-180 sm, birinçisining uzunligi 350 metrni, ikkinçisiniki esa 135 metrni taşkil qiladi.
Tezkor tadbir davomida, guruh aʼzolaridan dastlabki qiymati 11 mlrd sömni taşkil qiluvçi jami 3 813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planşet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, şuningdek 1 kg 745 gr oltin yombi va zargarlik buyumlari olindi.
Hozirda jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
