Amir Temur «Kuç — adolatda» degan
Amir Temur "Kuç — adolatda" degan. Lekin Yangi Özbekistonda Temur izdoşlari adolatsizlik timsoli bölib turibdi
Keça tunda 1-avgustda ötgan test sinovlarining javoblari eʼlon qilindi. Javoblarni my.uzbmb.uz/answer yoki https://mandat.uzbmb.uz sayti orqali biliş mumkin.
Natijalarga qarar ekanmiz, közimizga birinçi bölib yana öşa adolatsizlik tuşadi.
Avval ham bu haqda köp yozgan edim (1, 2, 3, 4).
Gap şundaki, «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga harbiy taʼlim muassasalarida özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boşqa oddiy OTMlarda esa 15 foizi miqdoridagi qöşimça ballar körinişida imtiyoz beriladi. Yaʼni 100 ball olsa, uning bali avtomat 115 ga aylanib qoladi.
Natijada har yili «Temurbeklar maktabi» ayrim bitiruvçilarining ballari amalda töplaş mumkin bölgan ENG MAKSIMAL 189 balldan ham oşib ketadi. Yaʼni oddiy qişloq maktabida öqigan öquvçi BARÇA SAVOLLARGA TÖĞRI JAVOB BERGAN taqdirda ham, 189 ball bilan kontraktga kirişi mumkin. Çunki öşa oddiy qişloq bolasining örnini öta zamonaviy şaroitlardagi «Temurbeklar maktabi»da öqib, imtiyoz olgan bolalar egallaydi.
Qani inson qadri? Qani Konstitutsiyadagi tenglik? Qani hamma yoqda jar solinayotgan ijtimoiy adolat?
Amir Temurning asosiy şiori ADOLAT bölgan. U adolatni har narsadan ustun körgan. Lekin bizda Temur izdoşlari bölgan bölgʼusi harbiylar kiriş imtihonlarida adolatsizlik timsoliga aylanib qolgan. Bu kulguli emasmi?
P.S.: avval ham aytganimdek, agar «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga imtiyoz bermoqçi bölsangiz, mayli, beravering. Faqat bu eng avvalo harbiy OTMlar uçun bölsin, ikkinçidan, bu ball qöşib beriş körinişida bölmasin. Masalan, davlat grantida alohida kvota berib, öşa kvota içida maktab bitiruvçilari özaro kuraşsin. Şunda boşqalarga xalaqit bermaydi, birovlarning joyini nohaq egallamaydi. Tamom, nimasi qiyin şuni?
👉 @xushnudbek 👈
