Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDavlat komissiyasi bayoni bilan grant sohiblari, jumladan, JIDUga 189 ball töplab, imtiyoz sabab kontraktga tuşgan 5 nafar abituriyent röyxati tasdiqlandi.Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak
"Temurbeklar maktabi" bitiruvçilariga berilgan adolatsiz imtiyoz sababli eng maksimal 189 ball bilan kontraktga kirgan abituriyentlar haqida birinçilardan bölib kanalimda xabar qilgan edim. Şundan söng, bu jamiyatda keng muhokama qilindi, bundan juda xursandman.
Keça “Qalampir” naşrida çiqqan video uşbu mavzuni yana qayta qözğadi, bundan ham xursandman. Ayniqsa videodagi qizning taʼsirli gaplari qaror qabul qiluvçi masʼullarga imtiyoz berişdan oldin sal mantiqiy öylaş kerakligi haqida signal bergan, degan umiddaman.
Mandat çiqqandayoq aytgandim, 189 ball olganlar Prezident grantiga tuşadi va ular baribir byudjetda öqiydi. Çunki Prezident grantini belgilaşda imtiyoz ballari hisobga olinmaydi (xayriyat).
Lekin mana şu 5 nafar abituriyentning grantga ötgani, muammo hal böldi degani emas. Biz oqibatni bartaraf etdik, lekin muammoning asl sababi baribir saqlanib turibdi. Agar bu tezda hal qilinmasa, har yili şunday muammoga duç kelaveramiz.
Kör hassasini bir marta yöqotadi, degan naql bor. Ammo biz kördan ham söqirroqmiz.
Çunki ilgari harbiy tavsiyanomalilarga qöşimça ball berilişi natijasida uzoq yillar qizlar va tavsiyanomasi yöq yigitlarga nisbatan adolatsizlik bölgan edi, bu haqda ham köp marta yozganman. Keyinçalik jamoatçilik tanqididan söng ball qöşiş şaklidagi imtiyoz bekor bölib, alohida kvotali imtiyoz berildi.
Lekin ne ajabki, yana öşa xato takrorlandi. Yana harbiylar bilan boğliq, yana qöşimça ball şaklidagi imtiyoz. Hammasi bir xil. Tovba, nahotki özimizning xatolarimizdan xulosa çiqara olmaymiz. Nahotki har safar boşimizni bitta devorga uraverişimiz şart bölsa? Şunçalik ham söqirmizmi-yey?
Umid qilamanki, ball qöşib beriş şaklidagi imtiyozlar tez orada bekor qilinadi. Va özi umuman barça imtiyozlar (adaşmasam, 40 dan ortiq) reviziyadan ötkazilib, ijtimoiy adolatga töğri kelmaydiganlarni ham bekor qilinadi, imtiyozlar minimal darajaga tuşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈

