Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Magistraturaning keçki va masofaviy şakliga kirgan qizlarga ham kontrakti tölab beriladimi

Video28-iyul, 2025, 10:345 daqiqa0 koʻrish

❓ Magistraturaning keçki va masofaviy şakliga kontraktga öqişga kirgan qizlarga ham kontrakti tölab beriladimi?
#abituriyent

✅ MENING JAVOBIM: Ha, amaldagi qonunçilik böyiça tölab berilişi kerak.

Uşbu savolga huquqiy javob qidirişdan avval, qaysi hujjatlar asosida magistraturaga tölov-kontraktga kirgan qizlarning kontrakt puli davlat byudjetidan tölab berilişi belgilanganini körib çiqamiz:

1. Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni 3-bandining «b» kiçik bandi birinçi xatboşisi;

2. Prezidentning «Davlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini taşkil etiş töğrisida» 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori 3-bandining «b» kiçik bandi ikkinçi xatboşisi;

3. Vazirlar Mahkamasining «Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqiçida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning tölov-kontrakt mablağlarini tölab beriş çora-tadbirlari töğrisida» 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori.

📝 Uçala hujjatda ham quyidagiça mazmundagi qoida belgilangan:

davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt tölovlari qaytariş şartisiz qoplanadi.

🔑 Bu yerda quyidagi muhim kalit sözlar bor:

1. davlat oliygohida;
2. magistratura bosqiçida;
3. barça xotin-qizlarga;
4. qaytariş şartisiz.

👇Yaʼni:

1. xorijiy yoki nodavlat oliygohlarga taalluqli emas;

2. magistratura bosqiçiga kirgan bölsa böldi, taʼlim şakliga heç qanday talab yöq. Çunki “kunduzgi” sözi mavjud emas;

3. barça xotin-qizlarga tölanadi, kambağal, ehtiyojmand yoki qanaqadir imtihondan ötgan, aʼlo bahoga öqigan degan talablar yöq;

4. tölangan kontrakt miqdorlari qaytarilmaydi, 7-yilda, foizsiz bölib tölaş, degan qoidalar mavjud emas.

ℹ️ Körib turganingizdek, amaldagi qonunçilikda xotin-qizlar magistratura bosqiçining aynan kunduzgi taʼlim şakliga kirsagina kontrakti tölab beriladi, degan qoidalar mavjud emas. Umumiy magistratura deyilgani uçun keçki va masofaviy şakllariga kirganda ham qoplanişi şart.

Bu böyiça Oliy taʼlim vazirligining masʼullari bilan ham boğlandim. Ular tez orada uşbu masala yuzasidan rasmiy maʼlumot berişlarini maʼlum qilişdi.

📹 Jonli efirdagi savol-javobni töliq tomoşa qiliş uçun

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek