Energetika vazirligi: Möynoqdagi quduqdan çiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz
Energetika vazirligi rasmiy bayonoti: Möynoqdagi quduqdan çiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz
2025-yil 26-iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Möynoq tumani, “Uçsoy” OFY hududida joylaşgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burğilaş işlari davomida 5000 metr çuqurlikka möljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr çuqurlikdan gaz çiqişi kuzatildi. Bu quduq — uşbu konda burğilaş işlari boşlangan birinçi quduq hisoblanadi.
Gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bölganligi sababli, barça xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qiliş va bosimni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Eng asosiysi, uşbu quduq aholi yaşaş joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yöq bölgan toza metan hisoblanadi. Qayd etiş joizki, Ustyurt hududidagi barça konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uçramaydi.
Maʼlumot uçun, ayni damda holatni bartaraf etiş uçun xizmat qilayotgan işçi xodimlar soğligini saqlaş, şuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetişining oldini oliş maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qöyildi.
Heç kim tan jarohati olmagan.
Şu sababli odamlardan vahimaga tuşmasliklarini söraymiz.
Holat yuzasidan qöşimça axborot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


