Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun 2025-yilda 9 766 ta qöşimça kvota ajratildi
Qurolli_kuchlar_5foizli_KUNDUZGI_KECHKI_MASOFAVIY_2025.pdf
PDF · 13 MB
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UÇUN
Harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun respublika böyiça jami 9 766 ta qöşimça kvota ajratildi. Taʼlim şakllari kesimida:
➡️ kunduzgi — 7 420 ta (davlat granti - 1 775 ta, tölov-kontrakt - 5 645);
➡️ keçki — 1 436 ta (tölov-kontrakt);
➡️ masofaviy — 910 ta (tölov-kontrakt).
❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uçun 44 ta kvota (11 ta grant, 33 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Şarqşunoslikni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k.
Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 44 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga grant yoki kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 256 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓Bu tavsiyanoma ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
‼️Uşbu imtiyozdan foydalanişda abituriyent grant uçun kamida 68 ball, kontrakt uçun kamida 56,7 ball töplagan bölişi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars
