5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma oliş uçun ariza beriş 11 kun keçikib boşlandi
❗️5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma oliş uçun ariza beriş 11 kun keçikib boşlandi
#abituriyent
📝 Tavsiyanoma oliş uçun arizalarni Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/uz/service/1433 ) yoki Davlat xizmatlari markaziga borgan holda ariza topşiriş mumkin. Arizalar 31-mayga qadar (şu kuni ham) qabul qilinadi.
❗️Maʼlumot uçun: mutaxassisligi böyiça kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bölmagan xotin-qizlarga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi uçun qöşimça 500 ta kvota beriladi.
✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani öqişga kirdim, degani emas. Buning uçun siz yetarli darajada balandroq ball töplaşingiz ham kerak. Uşbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo öqişdan yiqilsa, yana bitta imkoniyatga ega böladi va barça yiqilgan tavsiyanomalilar orasida baland ball olgan 500 kişi kontraktga öqişga kiradi.
Imtiyoz qöllanişi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477
Tasavvur hosil qiliş uçun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda öqişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934
❗️ESLATMA: 2024 hamda 2025-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin öqişga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topşirişi şart emas. Çunki 5 yil staj tavsiyanomasining amal qiliş muddati 3 yil.
❗️2023-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olişi kerak.
‼️ESLATMA-2: Ötgan yillarda tavsiyanoma olib, öqişga kirgan xotin-qizlarning tavsiyanomasi esa öz kuçini yöqotgan, yaʼni kuygan böladi.
ℹ️ Tavsiyanoma oliş uçun talabgorlar quyidagi mezonlarning BARÇASIGA muvofiq kelişi kerak:
➖ örta maxsus yoki professional taʼlim böyiça mutaxassislikka ega bölişi;
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖örta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi böyiça kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bölişi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (şahar) Işçi guruhlari tomonidan örnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari körib çiqiladi va tavsiyanoma beriş yoki tavsiyanoma berişni rad etiş töğrisida xulosa qabul qilinadi.
‼️TAVSIYANOMA BALL QÖŞIB BERMAYDI‼️
👉 @xushnudbek 👈


