Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasi bitiruvçilari uçun 1 953 ta qöşimça kvota ajratildi
SOS_kvota_1foizli_grant_2025.pdf
PDF · 10 MB
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari uçun qöşimça kvota
Respublika böyiça jami 1 ming 953 ta qöşimça kvota ajratildi.
▪️Taʼlim şakllari kesimida:
➖ kunduzgi – 1 484 ta;
➖ keçki – 287 ta;
➖ masofaviy – 182 ta.
❓Uşbu kvota kimlar uçun taalluqli?
— Mehribonlik uylari, kiçik hajmli bolalar uylari, bolalar şaharçalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvçilari;
— vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;
— ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yöqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolğiz ona qaramoğidan mahrum bölgan, şuningdek, topib olingan, ota-onasi nomaʼlum bölgan bolalar;
— nikohda bölmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvçisiz qolgan bolalar.
❗️ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi şaklida ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun 60 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, şu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank işi va h.k.
Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 100 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 60 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 40 nafar bolalar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓Bu toifadagilarga ball qöşib beriladimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars
