Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2025-yilgi ötiş bali eʼlon qilindi

Foto15-avgust, 2025, 16:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2025-yilgi ötiş bali eʼlon qilindi. Ballar keskin tuşgan
#abituriyent

UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uçun ötiş ballari eʼlon qilindi. Joriy yilda, avvalroq taxmin qilganimizdek, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uçun ötiş ballari keskin pasayganini köriş mumkin.

Bunga asosiy sabab joriy yil uşbu toifa uçun kvota 2 baravar oşirilgani böldi. Yaʼni avvalgi yillarda 2 mingta kvota berilar edi, joriy yilda 4 mingta kvota berildi.

Bundan taşqari joriy yilda kvotalar taqsimoti sohalar kesimida ham özgardi, ball yuqori va talab katta bölgan tibbiyot sohasi uçun köproq joy ajratildi.

Xullas, ötgan yilgi bilan farqni oson aniqlaş uçun jadvalda alohida qatorda körsatdim.

Eng katta farq Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasi uçun bölgan — naq 80,1 ball tuşgan. 2024-yilda Sirdayo viloyatidan tavsiyanoma olgan qizlar uçun tibbiyot sohasiga ötiş bali 158,3 ball edi, joriy yilda 78,2 ballni taşkil etgan.

Keyingi örinlarda quyidagi hududlar uçun ötiş ballari keskin kamaygan:

Navoiy (tibbiyot) — -77,8 ball;
Surxondaryo (tibbiyot) — -49,4 ball;
Jizzax (tibbiyot) — -46,2 ball.

Öz navbatida ayrim hududlarda ötiş ballari oşgan ham. Masalan, Toşkent şahri uçun boşqa sohalar kategoriyasida ötiş bali ötgan yilgiga qaraganda 34,5 ballga oşgan. Bunga asosan filologiya va xorijiy tillarni öqitiş sohasidagi yuqori ballar sabab bölgan.

❓Nima uçun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qöşilmadi?

✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz öqişga kira olmagan bölsangiz, demak töplagan balingiz yetmagan.

‼️Birinçidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) heç qanaqa ball qöşib bermaydi‼️

Köpçilik 4% ball qöşilişi kerak edi, nega şu qöşilmayapti, deb xato tuşungan. Kutib ötirmang, sizga heç qanaqa ball qöşilmaydi.

Ikkinçidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% öqişga kiradi, degani emas. Buning uçun yetarli ball ham oliş kerak edi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2025-yilgi ötiş bali yuqoridagi suratda körsatilgan. Mana şu balldan kam olganlarga imtiyoz qöllanmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek