Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun 2023-yilda 9 506 ta qöşimça kvota ajratildi

Hujjat14-iyul, 2023, 16:052 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Harbiy_tavsiyanomaga_ega_bo'lganlar_uchun_5_foizli_kvota_2023.pdf

PDF · 560 KB

Yuklab olish

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UÇUN

Unga köra, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun respublika böyiça jami 9 506 ta qöşimça kvota ajratildi. Taʼlim şakllari kesimida:

➡️ kunduzgi — 6 356 ta (davlat granti - 1 746 ta, tölov-kontrakt - 4 610);
➡️ sirtqi — 2 453 ta (tölov-kontrakt);
➡️ keçki — 556 ta (tölov-kontrakt);
➡️ masofaviy — 141 ta (tölov-kontrakt).

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Toşkent moliya institutida harbiy tavsiyanomalilar uçun 104 ta kvota (5 ta grant, 99 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent TMIni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir moliya, kimdir suğurta işi, kimdir buxgalteriya va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 104 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga grant yoki kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 196 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Bu tavsiyanoma ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek