Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Matn5-sentabr, 2023, 17:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️ Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi, Boş prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uçun ham amal qiladi.

❗️Buning uçun talabgor tölov-kontraktning töliq summasini qoplab beriş yuzasidan özlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgaça ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan keçiktirib topşirilgan arizalarga;

— tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölovlariga;

— qöşma taʼlim uçun.

📝 Arizalar 3 iş kunida körib çiqilib, röyxat şakllantiriladi.

Umumlaştirilgan talabgorlar röyxati 5 iş kunida tölov-kontraktlarni qoplab beriş uçun OTMning idoraviy mansubligiga köra tegişli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

🗓 Tölov-kontrakt summasini qoplab beriş töğrisida joriy öquv yilining 15-oktyabriga qadar tegişli OTM rektori (filial direktori) buyruği qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek