Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Matn3-sentabr, 2024, 17:521 daqiqa0 koʻrish

❗️Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uçun ham amal qiladi.

❗️Buning uçun talabgor tölov-kontraktning töliq summasini qoplab beriş yuzasidan özlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgaça ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan keçiktirib topşirilgan arizalarga;

— tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölovlariga;

— qöşma taʼlim uçun.

‼️Qöşimça maʼlumotlar:

➖ magistraturada öqiydigan HAMMA talaba-qizlarning kontrakti tölab beriladi. Ayrimlar faqat kam taʼminlangan ayollarga tölanadi, deb tuşunayotgan ekan. Yöq, unaqa emas.

Milliarderning qiziga ham, ehtiyojmandning qiziga ham, umuman HAMMAGA davlat tomonidan birdek tölab berilaveradi. Faqat 15-sentyabrgaça ariza beriş kerak böladi. Masalan, qaysidir boy inson magistraturada öqiydigan qiziga kontrakt tölab berişini davlatdan söraşga xijolat bölib, özi tölaşni istasa, unda bemalol özi tölaşi mumkin. Ariza bermay qöya qoladi xolos;

➖ qöşma taʼlim şaklida taşkil qilingan magistratura mutaxassisliklari uçun kontrakt tölab berilmaydi. Garçi uşbu qöşma taʼlim davlat OTMda bölsa ham.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek