Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Kontrakt miqdorlari kiritilmagan — bu nima degani?

Foto2-sentabr, 2024, 20:451 daqiqa0 koʻrish

❓Kontrakt miqdorlari kiritilmagan — bu nima degani?

Super-kontrakt uçun ariza berayotgan ayrim abituriyentlarga mana şunday xabar çiqmoqda va ular şartnoma ololmayapti.

Buning sababi, avvalroq aytganimdek, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun super-kontrakt narxini bazaviy kontrakt miqdoridan emas, balki özlari belgilagan qimmatroq kontrakt narxidan hisoblayapti.

Buning uçun esa moliyaviy mustaqillik berilgan hamma oliygoh özining kontrakt narxini vazirlik bazasiga kiritib çiqişi kerak böladi. Hozirgaça ança-munça oliygoh narxlarni kiritib çiqdi, lekin hali kiritmaganlari ham bor. Ana öşalarda xatolik çiqmoqda.

✅ Xulosa: yuqoridagi kabi xatolik quyidagi holatlarda uçramoqda:

1️⃣ oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgan va ular kontraktni bazaviydan qimmatroq qilib belgilagan bölsa;

2️⃣ super-kontrakt narxini hisoblaşda özi belgilagan qimmatroq kontrakt miqdorini asos qilib olgan bölsa.

Oliygohlar bazaga kontrakt narxini kiritişi bilan, uşbu muammo hal böladi.

❗️Bazaviy kontrakt narxi bilan hisoblanadigan super-kontrakt uçun şartnoma olişda heç qanday muammo bölmayapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek