Test uçun tölovni qaçongaça qiliş kerak?
❓Test uçun tölovni qaçongaça qiliş kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uçun testga kiriş tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming söm (yarim “minimalka”) tölaşi kerak.
❗️Tölovni amalga oşirmagan abituriyentlar röyxatdan ötmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qöyilmaydi.
Uşbu tölovni bölib-bölib amalga oşirsa ham böladi, faqat 25-iyunga qadar (öşa kuni ham) mazkur summa töliq tölanişi şart. Yaʼni qaçon röyxatdan ötganingizni farqi yöq, asosiysi tölovni 25-iyun soat 23:59 gaça tölaş şart.
‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik işlar bölsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama köpayib ketsa, kutilmaganda tölovni amalga oşira olmay qolişingiz mumkin.
❓Kimlar tölovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçalari bitiruvçilari;
— töliq davlat taʼminotidagi şaxslar;
— nogironligi bor şaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar.
👉 @xushnudbek 👈

