Nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlar diqqatiga!
❗️Nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent
Abituriyentlar tomonidan "nogironligim tasdiqlangani töğrisida nima sababdan menga SMS kelmadi? " degan murojaatlar köp bölmoqda.
DTM direktori örinbosari Sardor Rajabovning maʼlum qilişiça, nogironligi bor bölgan abituriyentlarning maʼlumotlari tekşiriş uçun yuborilgan va hozirda tegişli taşkilot tomonidan örganilmoqda.
Bu imtiyozni qayta tekşirişdan asosiy maqsad nogironligi bölmagan abituriyent nogironligim bor deb kiritgan bölsa va u alohida kvotada qatnaşib tavsiya etilgan taqdirda ham u baribir talabalikka qabul qilinmaydi, lekin bitta nogironligi bor şaxsning örnini band qilgani qoladi.
Şu sababli maʼlumotlar qayta tekşirilmoqda.
❓Tekşiriş tugumasa, testga kira olmaymizmi?
✅ JAVOB: Bemalol, testga kiraverasiz.
Test sinovlarida iştirok etiş uçun nogironlikni tasdiqlangani yoki tasdiqlanmaganini aloqasi yöq, ruxsatnomada “tekşirilmoqda” degan yozuv çiqib tursa ham heç narsa qilmaydi. Sizlar bemalol öşa ruxsatnoma bilan testga kirib çiqaverasizlar. Keyinçalik nogironligi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovda alohida kvotada iştirok etadi.
Nogironligi bor abituriyentlarning maʼlumotlari tasdiqlanib kelgandan söng, ularga SMS xabar yuboriladi.
👉 @xushnudbek 👈

