Ijtimoiy adolat buzilgani haqida ikki oğiz
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXotin-qizlar uçun ajratilgan 2 mingta qöşimça grant böyiça imtiyozlar hisoblangani va ötiş ballari haqida tuşuntiriş berildi.Ijtimoiy adolat buzilgani haqida ikki oğiz
Joriy yilda xotin-qizlar uçun kvotalar nafaqat hududlar kesimida, balki ilk marta sohalar kesimida ham taqsimlandi. Boşida bu töğri qarordek köringandi, ammo natijalar çiqqaç, katta xato bölgani, ijtimoiy adolat prinsiplari buzilgani körinmoqda.
Yuqoridagi postda tavsiyanomasi bor xotin-qizlar uçun ötiş ballari körsatilgan. Körinib turibdiki, ötiş ballarida öta keskin tafovut mavjud.
Masalan, Buxoroda 68,7 ball olgan abituriyent texnika fanlari yönalişida grantga kirgan, ammo xuddi şunaqa tavsiyanomasi bor boşqa xotin-qizlar umumiy guruhda 150 ball bilan ham öqişga kira olmagan. Ularning yagona aybi, tanlagan yönalişi imtiyoz içida imtiyoz berilgan 3 ta guruhga taalluqli emasligida bölgan.
Bu adolatdan emas, menimça. Özi kimlargadir imtiyozlar taqsimlanişi doim ijtimoiy adolat prinsipini savol ostiga qoldiradi. Imtiyozlilar içidagi bunday jiddiy tabaqalaniş noqulay vaziyatni yanada kuçaytarib yuboradi.
‼️122 ta örin tölmay qoldi, endi nima böladi?
Ayniqsa texnika fanlari böyiça juda past ötiş ballari qayd etilgan. Xususan, 9 ta hududda "nedobor" bölgan. Yaʼni belgilangan kvota tölmagan. Tibbiyot va boşqa umumiy fanlarda esa ötiş bali juda yuqori bölgan.
Mening hisob-kitoblarim böyiça, xotin-qizlarga ajratilgan 2 mingta kvotadan 122 tasi tölmay qolgan. Xöş, endi bu oçiq kvotalar nima böladi? Byudjetga foyda böldi, deb oçiqligiça qoldiriladimi? Ğalatiku. Şunça yuqori ball olgan tavsiyanomali xotin-qizlar turganda bu ham adolatsizlik emasmi?
🤔 Xullas, sohalar kesimida kvotalarni böliş masalasini jiddiy öylab köriş kerak.
Oldin kelişib olişimiz kerak, bizga texnika fanlari yönalişida bir amallab 68 ball olgan (35%lik 2 baho darajasida biladigan), bilimi haminqadar bölgan xotin-qizlar afzalmi, yoki boşqa fanlar yönalişida 140-150 ball oladigan yuqori bilimga ega bölgan xotin-qizlar afzalmi?
Şaxsan menga bilimlilar afzal. Soliq tölovçi sifatida budjet pullari bilimlilarga berilişi istayman. Yana ham kimga qanaqa bilmadim, bu şaxsiy fikrim.
👉 @xushnudbek 👈


