Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Beşta yönalişdan istalgan birini tanlasa böladimi?

Foto28-avgust, 2022, 10:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Beşta yönalişdan istalgan birini tanlasa böladimi?

❌ JAVOB: Yöq, tanlab bölmaydi.

Köpçilik beşta yönalişga ham balim yetgan bölsa, istalgan birini tanlab öqiyman, deb öylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar hujjat topşirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beşta yönalişni ketma-ket tanlaşgan. Şuningdek, davlat granti va tölov-kontrakti böyiça ham ustuvorlikni allaqaçon belgilab bölişgan.

Endi yakuniy javoblar çiqqandan keyin abituriyentlar öqişga kirgan yönalişlarini özgartira olişmaydi. Ustuvorlik böyiça qaysi yönalişga kirganini kompyuterning özi belgilab beradi. Mandat.dtm.uz saytida qaysi yönalişning usti yaşil yoki sariq rangga böyalib turgan bölsa, öşa yönalişga kirgan böladi. Qizil rang bölsa, umuman heç qaysiga kira olmagan böladi. Pastda ham kirgan yönalişi nomi yozilgan böladi. Buni özgartirib bölmaydi.

❗️Şuningdek, ayrimlar allaqaçon "perevod" haqida öylaşni boşladi. Men falon joyga kiribman, şuni 1 yildan keyin piston joyga köçira olamanmi, degan savollar ham köpaydi. Yöq, bölmaydi. Perevodni öylab ötirmang. Agar hozir öqişga kirgan joyingiz yoqmasa yoki uzoqlik qilsa, 4 yil qiynalgandan köra, öqimay qöya qoling. Bunaqa joyni boşidanoq tanlamaslik kerak edi. Beşta yönaliş tanlaş bu sizga berilgan huquq, lekin majburiyat emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek