Imtiyozlar bali nega hisoblanmadi?
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOTMlar va imtiyozga ega bölganlar uçun 2023-yilgi ötiş ballarini mandat.uzbmb.uz saytining maxsus bölimlari orqali bilib oliş mumkin.Imtiyozlar bali nega hisoblanmadi?
Har yili mandatdan keyin maʼlum bir imtiyozga ega abituriyentlardan bir xil savol kelib tuşadi: nega men yoki mening farzandim imtiyozi bölsa ham, öqişdan yiqildi, axir ular 56 yoki 68 balldan oşirsa böldi, öqişga kirişi kerak ediku, nega menga ball qöşib berilmadi va h.k.
Bunga javob şuki, aslida hamma imtiyozlar hisoblangan, şunçaki siz imtiyozingizni notöğri tuşungansiz. Va yana quyidagi muhim 2 ta qoidani esdan çiqarmang:
❌ Sizga berilgan tavsiyanoma yoki nogironlik imtiyozi heç qanaqa ball qöşib bermaydi!
❌ 56 (68) balldan oşirsa, yetadi, aniq talaba böladi, degan gap yöq.
Imtiyozli tavsiyanoma hamda nogironligi borlar uçun ham ötiş bali bor, şu balldan kam töplagan bölsa, ular imtiyoz asosida öqişga kira olmaydi. Agar bali kam bölsa, umumiy kvotada ham qatnaşib, öqişga kira olmagan.
Mana bu postda xotin-qizlar tavsiyanomasi asosida yanada batafsil tuşuntirganman.
Mana bu yerda esa imtiyozlilar uçun (nogironligi borlar, xotin-qizlar, harbiylar va h.k) ötiş balini körsangiz böladi.
Masalan, farzandingizning nogironligi bor edi. Ruxsatnomada ham bu köringan. Lekin öqişga kira olmadi. Demak, u kam ball töplagan. Mana bu https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index saytga kirib, imtiyozlar qismidan nogironlikni va farzandingiz topşirgan OTMni tanlab, ötiş bali qança bölganini körib olişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

