Harbiylarning farzandlariga berilgan qöşimça davlat granti asosidagi kvota uçun 2023-yilgi ötiş bali
Harbiylarning farzandlariga berilgan qöşimça davlat granti asosidagi kvota uçun 2023-yilgi ötiş bali
#abituriyent
Mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.
Şuningdek, uşbu qöşimça kvota faqat kunduzgi taʼlim uçun taalluqli.
❓Bu yerda faqat taşkilotlar nomi va ötiş bali bor ekan, lekin na OTMlar, na yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota OTMlar yoki yönalişlar kesimida emas, taşkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, Mudofaa vazirligiga 777 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uçun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu şunçaki misol, aslida köp yoki kam bölişi mumkin). Ular qaysi OTMni birinçi yönaliş sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yönalişlarni tanlagani ham muhim emas.
Xullas, tanlagan OTMdan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 777 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kirdi. Qolgan 1223 nafar abituriyent esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşdi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirgan bölişlari mumkin.
❓Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi. Ular özlari töplagan ball bilan bellaşadi.
👉 @xushnudbek 👈
