JSST AstraZeneca vaksinasidan foydalanişni tavsiya qildi
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti «AstraZeneca» vaksinasidan foydalanişni tavsiya qildi
Bugungi kunda keng muhokama qilinayotgan AstraZeneca vaksinasi yuzasidan JSST özining dastlabki bayonotini berdi.
JSSTning fikriça, «AstraZeneca» vaksinasining xavfidan köra foydasi yuqoriroq. Ayrim Yevropa davlatlari emlangan insonlarda qon-tomirlari va tromblar bilan boğliq muammo kelib çiqqani uçun, emlaş jarayonini töxtatib turgandi. JSST esa uşbu holat aynan vaksina bilan boğliqligi tasdiqlanmagani uçun emlaşni davom ettirişni tavsiya qildi.
Eslatib ötamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev heç kim aholini qaysidir vaksiya bilan majburlab emlamasligini maʼlum qilgan edi.
«Xohlasangiz mana AstraZeneca/Oxford, xohlasangiz xitoy vaksinasi, xohlasangiz Özbek-Xitoy yoki xohlasangiz «Sputnik V» vaksinasi. Ixtiyoriy ravişda emlanadi», — degan edi Bahodir Yusupaliyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

