Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jamoat transportida qölqop taqiş tartibi joriy etildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

«Aka, böldi turp tugadi, endi sabziga öting»

19-oktabrdan boşlab Toşkent şahar jamoat transporti (avtobus, metro, marşrutka) xizmatidan foydalanganda yölovçilarning tibbiy niqob 😷 bilan birgalikda tibbiy qölqopda🧤 böliş tartibi joriy etildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Keça tuni bilan bundan közlangan mantiqiy maqsadni öylab, öyimga yeta olmadim.

Birinçidan, buning qanday foydasi bor? Kimdir aniq kafolat bera oladimi bu qaror foydali ekanligiga. Ilmiy izlanişlar olib borilganmi? Aniq tadqiqotlarning xulosasi bormi? Yoki şunçaki qaysidir kottakonning xayoliga keldi, tamommi? Dezinfeksiya tunnellaridan saboq çiqarmadikmi?

Ikkinçidan, Transport vazirligining bunaqa qaror qabul qilişga vakolati bormi özi? Fuqarolarga yana qöşimça xarajat qildiradigan majburiy talabni qöyişga kim ularga huquq berdi? Yoki tekin qölqop tarqatişadimi hamma yölovçilarga?

👮 Ha, aytgança, bu hali hammasi emas. Endilikda Transport vazirligining inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus işçi guruhi transport obyektlari va jamoat transportida kuçaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari ötkazar ekan, yaʼni niqob hamda qölqop taqmagan fuqarolarni aniqlab, jarima solişsa kerak-da hoynahoy.

Xullas, bu qarorni öqib, avvalroq kanalimda yozgan latifa yana esimga tuşib ketdi. Kimdir telefon qilgan şekilli, "akalar, sabzimiz ketmayapti, sabzini aytinglar" deb...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek