Zakovat Breyn-ring musobaqasining final bosqichi boshlandi
Manba:Zakovat intellektual klubi
“Zakovat”ning katta bayrami boshlanmoqda!
“Zakovat” intellektual klubi Breyn-ring musobaqasi Final bosqichi oʻyinlariga start berilishiga bir qancha daqiqalar qolmoqda!
Vaʼda qilinganidek, hududiy musobaqalarda omadli ishtirok etib, hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan bilimdonlar uchun final va Grand final o’yinlari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi "Desert Oasis & Spa" ekoturizm klasterida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, “Zakovat” intellektual klubi Breyn-ring musobaqasida har bir hudud uchun sovrin jamg’armasi 130 million so’mni tashkil etadi. Final“Zakovat”ning katta bayrami boshlanmoqda! o’yinlari o’tkaziladigan 11 ta hudud bilimdonlari uchun 1 mlrd 430 mln so’m sovrin jamgʻarmasi oʻz egalariga topshiriladi.
Hududiy bosqich gʻoliblarini quyidagi miqdordagi mukofotlar kutmoqda:
1-o‘rin: 100 mln so‘m
2-o‘rin: 20 mln so‘m
3-o‘rin: 10 mln so‘m
Grand final bosqichi gʻoliblariga esa undanda ajoyib sovrinlar tayyorlangan!
Bizni kuzatishda davom eting:
👉 @zakovat 👈


