Zafar Hoşimov iqtisodiy xavfsizlik böyiça takliflar berdi
❗️Zafar Hoşimov Ukrainadagi uruş va Rossiyaga qarşi sanksiyalar fonida Özbekiston eʼtibor qaratişi kerak bölgan jihatlarni sanab ötdi:
➖Hozirgi şaroitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida taʼminot manbalarini diversifikatsiya qiliş imkonini beradigan barça oziq-ovqat va isteʼmol tovarlariga import bojlari va aksiz soliğini bekor qiliş lozim. Bu oziq-ovqat xavfsizligi masalasi va bozordagi narxlarning kötarilişi hamda tanqisligini yumşatişning deyarli yagona yölidir;
➖Bozorlarni va mahsulot turlarini, ham eksport, ham importni diversifikatsiya qiliş;
➖JSTga kirişni imkon qadar tezlaştiriş va barça davlatlar bilan erkin savdo şartnomalarini tuziş zarur;
➖Xalqaro huquq va davlatlararo şartnomalarga muvofiq barça tranzit mamlakatlar, jumladan, birinçi navbatda Rossiya hududi orqali yuklarning tösiqsiz ötişini taʼminlagan holda mamlakatimizdan va mamlakatimizga olib boruvçi logistika yönalişlarini diversifikatsiya qiliş;
➖Imkoniyat darajasida mehnat muhojirlarimiz uçun mehnat bozorlarini diversifikatsiya qiliş;
➖Rossiya va Belarusda bizning mehnat bozorimiz marketingini faollaştiriş;
➖Mutaxassislarni boşqa joyga köçirişni imkon qadar soddalaştiriş: maxsus soddalaştirilgan viza rejimlarini (iş vizalari haqida gapiryapmiz), röyxatga olişning soddalaştirilgan tizimini, yaşaş uçun ruxsatnomalarni, işlaşga ruxsatnomalarni berişni joriy qiliş va buni barça mutaxassisliklar böyiça amalga oşiriş;
➖Fuqarolik aviatsiyasida havo floti, reyslar va marşrutlar sonini, şu jumladan, havo transporti bozorini liberallaştiriş hisobiga köpaytiriş, Bizning aviakompaniyalarimiz tez muvaffaqiyatga erişiş uçun noyob imkoniyatga ega.
Batafsil bu yerda öqiş mumkin.
- 👍 1147

