Yudit Polgar o‘zbekistonlik shaxmatchilarni chorlamoqda
Manba:Zakovat intellektual klubi
Shaxmat qirolichasi Yudit Polgar o‘zbekistonlik shaxmatchilarga murojaat qildi!
«Toshkentda ajoyib shaxmat turniri – «Zakovat-Gambit» bo‘lib o‘tadi. Barchani ro‘yxatdan o‘tishga va ishtirok etishga taklif qilaman. Bu qiziq bo‘lishi aniq!», deydi vengriyalik shaxmatchi.
2021 yilning 10-15 avgust kunlari Toshkent shahrida o’tkaziladigan “Zakovat-Gambit” turnirining mukofot fondi 610 mln so‘mni tashkil etadi. Turnirda yoshi va jinsidan qat'iy nazar barcha O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Turnir tashkilotchilari: “Milliy mass-mediani qo’llab quvvatlash va rivojlantirish fondi”, “Zakovat Intellektual klubi” NNT, Yoshlar ishlari agentligi va “SkyChess” shaxmat maktabi.
Turnir mehmonlari orasida shaxmat yulduzlari Vishvanatan Anand, Rustam Qosimjonov, Timur Gareyev, Gulruxbegim Toxirjonova ham qatnashadilar. Ular turnirda nafaqat mehmon bo‘lishadi, balki ishtirokchilar bilan shaxmat o‘ynaydilar va master-klasslar o‘tkazadilar.
Ro’yxatdan o’tish: https://gambit.zakovat.tv
👉 @zakovat 👈

