Yu-Report: Yoşlar va Hukumat örtasidagi muloqot köprigi
Agar yodingizda bölsa, bir yil avval Sizlarga Yu-Report loyihasi haqida aytib bergandim.
Yu-Report – xalqaro platforma bölib, YUNISEF taşabbusi bilan Özbekistonda ham joriy qilindi (hozirda 65 davlatda bor, biz Markaziy Osiyoda Yu-Reportni qöllayotgan birinçi va yagona davlatmiz).
Yu-Reportning asosiy maqsadi – yoşlarni birlaştirib, ularga öz fikrini ifoda etişi uçun imkon yaratiş va Hukumat tomonidan eşitilişiga yordam beriş.
Bu qanday işlaydi?
📍Har hafta turli davlat organlari, NNTlardan yoşlarga har xil mavzuda sörovnomalar yuboriladi.
📍Yoşlar esa bu mavzularga öz fikrini bemalol bildiradi.
📍Yoşlarning fikrlari/javoblari Yu-Report tomonidan Hukumatga yetkaziladi.
📍Hukumat yoşlarning fikr va istaklaridan kelib çiqib, ularga möljallangan dasturlarni, qonun loyihalarini yoşlarbop qilib işlab çiqiş imkoniyatini qölga kiritadi.
Oddiy qilib aytsak, Yu-Report – Yoşlar va Hukumat örtasida muloqot köprigi vazifasini bajaradi.
Barça natijalarni real vaqt rejimida körib boriş mumkin. Hozirda Özbekistonda minglab yoşlar mana şu platforma orqali öz fikrlarini bildirib bormoqda.
Agar Siz ham mamlakatimizda bölayotgan jarayonlarda bevosita iştirok etişni xohlasangiz, jamiyatda ijobiy özgarişlarni kiritişga hissa qöşmoqçi bölsangiz – albatta Yu-Reportga aʼzo böling. Sizning fikringiz muhim!
@UReportUzbBot ga START sözini yuboring va röyxatdan öting.
Kim aytdi, uyda ötirib mamlakatimiz rivojiga hissa qöşa ololmaymiz, deb? 😊


