Xorijdan öqişni köçiriş böyiça natijalar eʼlon qilindi

Matn30-avgust, 2018, 20:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xorijdan öqişni köçiriş böyiça natijalar eʼlon qilindi

Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 28-avgustdagi 8-son bayoniga muvofiq 2018/2019 öquv yilida xorijiy OTMlardan Özbekiston Respublikasi OTMlariga öqişni köçiriş va köçirib qayta tiklaş böyiça joriy yilning 24-25-avgust kunlari ötkazilgan test sinovlari natijalariga köra töplagan ballari 68,0 dan yuqori bölgan fuqarolar yozgan arizalari böyiça öqiş istagini bildirgan OTMlarda öqişni davom ettiradigan böldi.

Agar xabaringiz bölsa, avvalroq öşa köçirilayotgan yönalişda kiriş bali neça bölgan bölsa, şunça ball oliş talabi qöyilgandi. Lekin köpçilik past ball olgani uçun bu tartibni bekor qilib, 68 balldan oşirganlarning hammasini öqişga qabul qilişgan, menimça.

56,7 balldan 68,0 ballgaça töplagan fuqarolar viloyatlardagi OTMlarning mos yoki turdoş taʼlim yönalişlarida öqişni davom ettirişi mumkin.

56,7 balldan kam ball töplagan fuqarolar esa oşirilgan tölov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari asosida 2018/2019 öquv yilida yozgan arizalari böyiça öqiş istagini bildirgan OTMlarda öqişlarini davom ettirişlari mumkin.

Fuqarolardan öqişining köçirilişi yuzasidan batafsil maʼlumot oliş uçun yozgan arizalari böyiça öqiş istagini bildirgan OTMlarga joriy yilning 30-avgustidan boşlab murojaat qilişlari söraladi.

Manba: @eduuz

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek