ÖzEOAVMA nomi Özbekiston milliy media assotsiatsiyasiga özgardi
Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (ÖzEOAVMA)ning nomi Özbekiston milliy media assotsiatsiyasiga özgardi.
Assotsiatsiya Boşqaruvi raisi Şerzodxon Qudratxöja xabar berişiça, özgarişlarga asosan yangi platforma öz safiga yana köplab aʼzolarni qabul qiladi, media vakillarining muloqot qiladigan, özaro fikr almaşadigan, taʼbir joiz bölsa, sinergiya maydoniga aylanadi.
Şuningdek, yiğilişda Assotsiatsiyasining yangi tarkibi tayinlandi.
Unga köra, Assotsiatsiya Boşqaruvi raisining örinbosari - Boş direktor etib Abrorjon Pölatov, Boş direktor birinçi örinbosari Abdulaziz Abutalipov, Boş direktorning umumiy masalalar böyiça örinbosari Uluğbek Ahmedov, Boş direktorning ijodiy masalalar böyiça örinbosari Nigora Xöjayeva tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 378
