Özbekistonliklar sentabr oyida neça kun dam olişadi
Manba:Xushnudbek.uz
Özbekistonliklar sentabr oyida neça kun dam olişadi?
Eng avvalo, haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga taʼsir qilişini unutmaslik kerak. Yaʼni, 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar sentabr oyida 10 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa 6 kun dam olişadi.
Mustaqillik bayrami arafasidagi dam oliş kunlari
Bayram arafasida haftasiga 5 kunlik işlovçilar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 2 kun dam olişadi. Jumladan, quyidagiça:
5 kun işlovçi xodimlar uçun:
31-avgust – şanba;
1-sentabr – yakşanba (bayram);
2-sentabr – duşanba (qöşimça dam oliş kuni);
3-sentabr – seşanba (köçirilgan dam oliş kuni).
Izoh: 5 kunliklar 4-sentabrdan işga çiqişadi. Şuningdek, 7-sentabr, şanba kuni ular uçun rasman iş kuni hisoblanadi.
6 kun işlovçi xodimlar uçun:
1-sentabr – yakşanba (bayram);
2-sentabr – duşanba (qöşimça dam oliş kuni);
Izoh: haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar 31-avgust (şanba) hamda 3-sentabr (seşanba) kunlari işga çiqişlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈

