Mustaqillik bayramida 5 kunlik dam oliş belgilandi
Manba:Xushnudbek.uz
❗️Mustaqillik bayramida özbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olişadi
Prezidentning tegişli Farmoni asosida Mustaqillik bayrami arafasida hamda bayramdan keyin iş va dam oliş kunlari haftasiga 5 kunlik işlaydiganlarga ham, 6 kunlik işlaydiganlarga ham bir xil böladi. Taqvim quyidagiça köriniş oladi:
✅ 31-avgust (seşanba) — iş kuni;
❌ 1-sentabr (çorşanba) — Mustaqillik bayrami;
❌ 2-sentabr (payşanba) — qöşimça dam oliş kuni;
❌ 3-sentabr (juma) — qöşimça dam oliş kuni;
❌ 4-sentabr (şanba) — dam oliş kuni;
❌ 5-sentabr (yakşanba) — dam oliş kuni.
✅ 6-sentabr (duşanba) — iş kuni.
Maʼlumot uçun:
ℹ️ 4-sentabr (şanba) kuni haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar uçun dam oliş kuni hisoblanişi belgilangan. Buning evaziga ular boşqa qaysidir kuni işlab berişlari şart emas yoki mehnat taʼtili kunidan ham qisqartirilmaydi;
ℹ️ 2 va 3-sentabr qöşimça dam oliş kuni deb belgilangani hisobiga har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligi 2 kunga qisqartiriladi. Ammo mehnat taʼtili davrida saqlanadigan örtaça oylik iş haqi (xalq tilida — "otpusknoy pul") kamaytirilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



